01 · Murojaat
Mijoz yozdi — AI javob berdi
Instagram yoki Telegram'ga kechasi yozilgan xabar ham javobsiz qolmaydi. AI narxni katalogdan hisoblaydi va murojaat ochadi.
- Murojaatlar bitta joyda: bot, Instagram, qo'ng'iroq
- Javobsiz qo'ng'iroq ham murojaatga aylanadi
- Narxni tizim hisoblaydi, AI o'ylab topmaydi
02 · Olib kelish
Haydovchi eng qulay yo'ldan boradi
Tizim buyurtmani bo'sh haydovchiga beradi yoki taklif qiladi. Haydovchi reysni, vaqtni va mijozgacha masofani ko'radi.
- Avtomatik yoki tavsiya bilan taqsimlash
- GPS tracker va telefon joyi
- «Yetib keldim» — mijozga Telegram xabari
03 · Sexga qabul
QR yorliq — gilam adashmaydi
Haydovchi yorliqni mijoz uyida chiqaradi. Sexda skanerlanmagan gilam qabul qilinmaydi va keyingi bosqichga o'tmaydi.
- 58×60 termoprinter yorlig'i
- Telefon kamerasi yoki USB skaner
- «Kelmadi» va «ortiqcha» buyum alohida qayd etiladi
04 · Yuvish va qadoqlash
Kim yuvdi, qancha m² — yozilib boradi
Yuvuvchi o'z navbatini ko'radi: shoshilinch birinchi, kechikkan keyin. O'lcham va ish haqi bir vaqtda yoziladi.
- Navbat shoshilinch va muddat bo'yicha
- Quritish vaqti hisobga olinadi
- Ish haqi tarif bo'yicha o'zi hisoblanadi
05 · Javon va ombor
Qaysi javonda turgani — bir qarashda
Qadoqlangan gilam javondagi aniq katakka qo'yiladi. Mijoz kechiksa — omborga, u yerda ham joyi bilan.
- Javon sxemasi: A1, A2 … C4
- Har katakda nechta buyum turgani
- Ombordan berish ikki tomonlama tasdiqlanadi
06 · Topshirish va to'lov
Pul to'landi, mijoz baho qo'ydi
Haydovchi naqd yoki Click orqali oladi, mijozga chek va to'lov havolasi botda keladi. Past baho rahbarga darhol yetadi.
- Click, naqd, karta — qaysi kassaga tushgani bilan
- Qarz va to'lash muddati
- Baho va sifat qo'ng'irog'i